So‘nggi yil ichida AQShning Suriya va Iroqdagi aviazarbalari natijasida 64 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, yana sakkiz nafari yaralangan. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Muassasadagilar aniqlik kiritishicha, bunda gap AQSh tomonidan 2015-yil 20-noyabrdan 2016-yil 10 sentabrga qadar IShID nuqtalariga berilgan 24 ta turli aviazarbalar qurbonlari haqida bormoqda.
“Aviazarbalar berishda ehtiyot choralari ko‘rilganiga va qurolli nizo qonunlariga rioya qilinganiga qaramay, afsuski, tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishi oldini ola olmadik”, — deyiladi bayonotda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)