Gaitidagi kattaligi bo‘yicha ikkinchi shahar — Kap-Aityenda uy qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi va 3 kishi jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Fojia shiddatli yomg‘irlar keltirib chiqargan toshqinlar sababli ro‘y bergani bildirilmoqda. Bu yil boshidan beri Gaiti poytaxtidan 240 kilometr shimolda joylashgan shaharda sodir bo‘lgan uchinchi yirik toshqin.
Yog‘inlar Shimoli-Sharq departamentining boshqa shaharlariga ham zarar yetkazdi. Meteorologlar vaziyat yanada yomonlashuvini taxmin qilayotgani sababli rasmiylar aholini xavfli hududlarni tark etishga chaqirdi.
Izoh (0)