Suriya prezidenti Bashar Asad o‘z lavozimini 2021-yilgacha tark etmoqchi emas, deb yozadi “TASS” The New York Times gazetasida chop etilgan maqolaga tayanib.
Nashr ta’kidlashicha, bunday pozitsiyani Asad 31-oktabr, dushanba kuni Damashqda AQSh va Buyuk Britaniya jurnalistlari va tahlilchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ayon qilgan. Suriya yetakchisi, go‘yoki, respublikada isyonchilarning G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi xatolik bo‘lgani, mamlakatdagi urush uchun javobgarlik esa birinchi navbatda, Vashington va radikal islom tarafdorlari bo‘ynida ekanligini ta’kidlagan.
Maqolada qayd etilishicha, Asad hukumat kuchlari urushda g‘alaba qozonmagunicha, davlatda siyosiy transformatsiya sodir bo‘lishini istisno qildi, shuningdek, mamlakat prezidenti lavozimini kamida o‘zining uchinchi muddati tugagunicha egallab turishni ko‘zda tutayotganini aytdi, u esa 2021-yilda tugaydi.
Izoh (0)