Aktrisa Shahzoda Muhammedova ayni damda buvisi va singlisi bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
“Sayohatning dastlabki kunlarida Shahzoda hoji buvisini Dubayning eng diqqatga sazovor bo‘lgan joylariga olib bordi. Shulardan biri dunyoning eng baland binosi – 828 metrli Burj Xalifa bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Bugun tongda esa aktrisa va uning yaqinlari Abu-Dabiga yo‘l olib, Shayx Zayd masjidini ziyorat qildi.
“Ra’no hoji buvim bilan Shayx Zayd masjidiga yetib keldik. Ular Madinaga haj ziyoratiga yana kelgandek bo‘ldim, dedilar”, – deb yozadi aktrisa Instagram’dagi sahifasiga.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)