Tojikiston energiya tizimida 2009-yildan beri kuzatilgan eng yirik avariya tufayli mamlakat hududining 90 foizi elektr quvvatisiz qoldi. Mamlakat poytaxti Dushanbeda ham chiroq o‘chdi, deb xabar beradi “RBK”.
“Barqi Tojik” energoxoldingining bildirishicha, ayni paytda avariya sabablari aniqlashtirilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, nosozliklar Norak GESda ro‘y berdi.
Dushanbeda mahalliy vaqt bilan soat 18:35 da chiroq o‘chdi. Shahar aholisi vakillarining aytishicha, chiroq o‘chishidan ular ogohlantirilmadi.
Izoh (0)