Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot Olmaota aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.
Layner Rossiyaning Novosibirsk shahridan Farg‘onaga uchib ketayotgan bo‘lgan.
Yo‘lovchilardan birining ahvoli og‘irlashgani sabab, samolyot mahalliy vaqt bilan 12:54 da Olmaota aeroportiga favqulodda qo‘ngan.
Olmaota aeroportidan ma’lum qilishlaricha, ahvoli og‘irlashgan yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va u Olmaotadagi kasalxonalardan biriga yotqizilgan.
Samolyot mahalliy vaqt bilan 14:45 da Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)