Yaponiya Kuril orollari masalasi hal etilishi va Rossiya bilan tinchlik shartnomasi imzolanishi tarafdori. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasi bosh kotibi o‘rinbosari Koiti Xagiuda ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Xagiuda Tokio Moskva bilan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida yuzaga kelgan samimiy munosabatlarga tayanib muzokaralarni davom ettirishini bildirdi.
“Bosh vazir Abe va prezident Putin mamlakatlar o‘rtasida 70 yildan oshiq vaqtdan beri tinchlik shartnomasi imzolanmagani bilan bog‘liq vaziyat mantiqqa zid ekani haqida yakdil fikrda. Biz o‘z tomonimizdan to‘rt orolning mansublik muammosini hal etib, tinchlik shartnomasini tuzish uchun muzokaralarni davom ettirish niyatidamiz”, — deya ta’kidladi bosh kotib o‘rinbosari.
Izoh (0)