AQSh vitse-prezidentligiga nomzod, respublikachi senator Mayk Pensning samolyoti Nyu-York aeroporti uchish-qo‘nish maydoni chetiga chiqib ketdi. Ayovadan uchib kelgan havo kemasi bortida 30 kishi, jumladan, senatorning turmush o‘rtog‘i va qizi bor edi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Ayovadan parvoz Nyu-Yorkdagi ob-havo sharoitlari tufayli ikki soatga kechiktirilgandi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagani bildirilmoqda.
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Pens bilan qo‘ng‘iroqlashdi va hodisa tinchlik-omonlik bilan yakunlanganidan mamnunligini izhor etdi.
Izoh (0)