Meksika shimolida joylashgan Chiuaua shtatining shu nomli ma’muriy markazi mehmonxonalaridan birida jinoyatchilar guruhi ommaviy qotillikka qo‘l urdi. Kamida 7 kishi jinoyatchilar qurboni bo‘ldi, jarohatlanganlar soniga aniqlik kiritilmoqda. Bu haqda shtat bosh prokuraturasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Prokuraturaga ko‘ra, hujumda avtomatlar bilan qurollangan 4 kishi ishtirok etgan. Ularni o‘sha chog‘ning o‘zida qo‘lga olishning imkoni bo‘lmadi, hodisa joyida dalillarni o‘rganish davom etmoqda.
Qurbonlar shaxsi va jinoyat sabablari haqida ma’lumot berilmadi. Politsiya va qurolli kuchlar bo‘linmalari hujum uyushtirganlarni qidirishga kirishdi.
Izoh (0)