Fransiyaliklarning aksariyati mamlakat politsiyachilarning noroziligini qo‘llab-quvvatlamoqda. “Interfaks” axborotiga ko‘ra, Fransiya jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov shunday natija bergan.
20—24-oktabr kunlari o‘tkazilgan va 1000 kishi ishtirok etgan so‘rovda respondentlarning 91 foizi politsiya xodimlari haqli ravishda norozilik bildirayotganini ta’kidlagan.
Politsiyachilarni eng ko‘p o‘ta o‘ng “Milliy front” partiyasi (97 foiz) va o‘ng kayfiyatdagi “Respublikachilar” partiyasi (94 foiz) tarafdorlari qo‘llab-quvvatlamoqda.
O‘tgan haftadan boshlab Fransiyaning qator shaharlarida politsiya xodimlari norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda.
Politsiyachilar mehnat sharoitlari yaxshilanishi, o‘z-o‘zini mudofaa qilishga doir xizmat qoidalari qayta ko‘rib chiqilishi va politsiya xodimlariga nisbatan bezorilik harakatlari uchun jazo choralarini kuchaytirishni talab qilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)