Ukrainaning Izmail shahrida politsiya xodimi tez tibbiy yordam guruhi yetib kelguniga qadar o‘g‘il va qiz tuqqan qo‘shni ayolga doyalik qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Mahalliy politsiya axborotiga ko‘ra, politsiyachiga uning qo‘shnisi murojaat qilib, homiladorligining sakkizinchi oyida qon ketishi boshlangan ayoli bilan birga o‘tirib turishni so‘ragan.
Homilador ayolning eri darhol tez yordam guruhini chaqirgan va ularni kutib olish uchun chiqib ketgan. Shifokorlar yetib kelgunicha, ayolda to‘lg‘oq boshlangan.
“To‘lg‘oq boshlanib qoldi. Vaqtni yo‘qotmay, avval bir bolani, keyin ikkinchi bolani tug‘dirib oldim. Hammasi shifokorlar kelgunicha sodir bo‘ldi. Ular ayol va bolalarni perinatal markazga olib ketishdi”, — dedi politsiya kapitani Sergey Areshkin.
Ba’zi nashrlarning yozishicha, Izmaildagi perinatal markazda ona farzandlaridan voz kechishi haqida ariza yozgan. Biroq markaz bu axborotga rasman izoh berishdan bosh tortgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)