Meksikalik fotosuratchi Feliks Ernandes 200 ming dollar turadigan Audi R8’ning reklama suratlarini avtomobilning 40 dollarlik o‘yinchoq modeli yordamida tayyorladi. Bu haqda “vc.ru” xabar bermoqda.
Dastlab fotosuratchi o‘z g‘oyalarini Audi vakillari bilan o‘rtoqlashgan. Oxir-oqibat kompaniya vakillari haqiqiy avtomobilsiz tayyorlangan suratlarga yuqori baho berib, ulardan reklama maqsadida foydalangan.
Digital Synopsis nashrining qayd etishicha, suratlar minimal darajada qayta ishlangan. Ernandes maxsus effektlarni rekvizitlar, yorug‘lik, qulay rakurslar va fotoapparat sozlamalari yordamida yaratgan.
Facebook’dagi o‘z guruhida fotosuratchi reklama suratlari qanday tayyorlanishi haqida ma’lumot beruvchi tasvirlarni e’lon qilgan:
Feliks Ernandes suratda katta ko‘rinadigan, aslida katta bo‘lmagan buyumlar ishtirok etgan ishlari bilan tanilgan:
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)