O‘zbekistonda 23-oktabr, yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 23-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida -8...-3 daraja sovuq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida -3...+2 daraja, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida -2...+3 daraja, Toshkent shahrida -1...+1 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +1...+6 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +2...+7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati -2...+3 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +2...+7 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +7...+12 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +10...+15 daraja, qolgan barcha hududlarda, xususan, Toshkent shahrida +5...+10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)