O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligida 21-oktabr, juma kuni Qozog‘istonning Favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda yaqinda bo‘lib o‘tgan turli darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar yakunlari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi kelishuvlarning bajarilishi muhokama qilindi.
Izoh (0)