16-oktabr kuni kunduzi va 17-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘di, tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kuzatildi.
“O‘zgidromet” markazi axborotiga ko‘ra, faqat Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmagan. Mamlakat bo‘ylab shamol tezligi soniyasiga 15—18 metrgacha kuchaygan.
16-oktabr kuni kunduzi O‘zbekistonning yirik shaharlari va viloyat markazlarida havo haroratining eng yuqori ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘lgan: Urganchda +13 daraja, Nukusda +14 daraja, Buxoro, Navoiyda +19 daraja, Qarshida +21 daraja, Toshkentda +22 daraja, Jizzax, Andijon, Namangan, Farg‘onada +23 daraja, Samarqand, Gulistonda +24 daraja, Termizda +25 daraja iliq.
17-oktabrga o‘tar kechasi mamlakatning yirik shaharlari va viloyat markazlarida havo haroratining eng past ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘ldi: Urganchda +7 daraja, Nukus, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Gulistonda +8 daraja, Buxoro, Qarshida +9 daraja, Toshkentda +10 daraja, Andijon, Namanganda +11 daraja, Termiz, Farg‘onada +12 daraja iliq.
Ma’lumot uchun, 18-oktabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi, yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Xususan, Toshkent shahrida havo harorati kunduzi +10...+12 daraja iliq bo‘lishi, kechga tomon +4...+6 daraja iliqqacha pasayishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)