O‘zbekistonda 19—20-oktabr kunlari havo harorati keskin sovishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 19—20-oktabrda havo harorati kechasi 0...+2 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda -2...-1 daraja sovuqqacha pasayishi mumkin.
Ayni vaqtda, 19—20-oktabr kunlari kunduzi havo harorati +8...+10 daraja iliq bo‘lishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, 15-oktabr kuni O‘zbekistonning janubida havo harorati +31 darajagacha, Toshkent shahrida esa +23 darajagacha ko‘tarildi.
“O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, 17-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent shahrida +10 darajagacha, 17-oktabr kuni kunduzi esa +18 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, 17—18-oktabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmoqda, ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)