“O‘zbekiston havo yo‘llari” yo‘lovchilarga litiy batareyasida ishlaydigan portativ elektron qurilmalarni faqat havo kemasi salonida qo‘l yuki sifatida yoki yonida olib ketishni tavsiya etadi. Bu haqda milliy aviakompaniya saytida ma’lum qilindi.
Ushbu tavsiya Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti ko‘rsatmalariga muvofiq va parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida berilayotgani ta’kidlangan.
Shuningdek, mazkur qurilmalarni havo kemasi bortida zaryadlashga yo‘l qo‘ymaslik, ushbu tavsiyalarga qat’iy amal qilish so‘ralgan.
Izoh (0)