Yamanda isyonchi xusiylar tomonidan garovga olingan ikki nafar amerikalik fuqaro ozod etildi va qo‘shni Ummon davlatiga o‘tkazildi. Bu haqda, AQSh davlat kotibi Jon Kerri ma’lumotiga tayanib, Associated Press agentligi ma’lum qilmoqda, deb yozadi “RBK”.
Kerrining ma’lum qilishicha, ozod etilgan amerikaliklar murakkab diplomatik kelishuvga kiritilgan. Kelishuv Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan berilgan aviazarba davomida yaralangan Yaman fuqarolariga yordam ko‘rsatishni nazarda tutgan. Ular Ummonga davolanish uchun yuborilgan.
Davlat kotibi AQSh oxirgi bir necha kun ushbu masala, shu bilan bir qatorda, hukumat va isyonchi xusiylarga muloqot boshlashga yordam beruvchi Yamandagi yarashuv rejimini ilgari surish masalasi ustida ish olib borganligini ta’kidladi.
Izoh (0)