Daryo

Janubiy Koreya parlamenti prezident Yun Sek Yolga impichment eʼlon qildi

Parlamentda bo‘lib o‘tgan ovoz berishda buni 204 nafar deputat qo‘llab quvvatladi

1 daqiqa o‘qish13 809 ko‘rishlar0 izoh0

Janubiy Koreya parlamenti prezident Yun Sek Yolning impichmentini qo‘llab-quvvatladi. 

Foto: Chosun

Parlamentda bo‘lib o‘tgan ovoz berishda buni 204 nafar deputat qo‘llab quvvatladi, 85 nafari qarshi chiqdi. Endilikda Prezident lavozimidan chetlashtiriladi va bosh vazir prezident vazifasini bajaruvchiga aylanadi.

Koreyada harbiy holat

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol 3-dekabr kuni kechqurun mamlakatda favqulodda harbiy holat e’lon qildi. Parlament va siyosiy partiyalarning faoliyati taqiqlandi. Davlat rahbari bu qarorni “konstitutsiyaviy tartibni himoya qilish va mamlakat ichidagi Shimoliy Koreya tarafdorlarini yo‘q qilish” zarurati bilan izohladi.

Hukumat harakatlaridan norozi bo‘lib, parlament binosi oldida namoyishchilar to‘plandi. Politsiya parlamentga kirishni to‘sib qo‘ydi va shahar ko‘chalarida harbiy texnika paydo bo‘ldi.

Bir necha soatdan so‘ng 300 deputatdan 190 nafari parlamentga kirishga muvaffaq bo‘ldi va harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berdi. Muxolifat yetakchisi Li Je Men prezident qarorini “konstitutsiyaga zid” deb atadi va uni “xalqqa qarshi” qadam sifatida qoraladi. Kechroq Janubiy Koreya prezidenti mamlakatda joriy etilgan harbiy holatni bekor qilishga rozi bo‘ldi.

10-dekabr kuni Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilinishi ortidan davlatga xiyonatda ayblanayotgan sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Hyun qamoqqa olindi. Shuningdek, Milliy politsiya agentligining bosh komissari Cho Ji Xo va Seul shahar politsiyasi boshlig‘i Kim Bon Sik ham sud qarori bilan hibsga olingan.

Prezident Yun Sok Yolga Janubiy Koreyadan chiqish taqiqlangan, u harbiy holat e’lon qilgani uchun tergov ostida. 7-dekabr kuni parlament davlat rahbariga qarshi impichment e’lon qilishga urindi, ammo hukmron partiya a’zolarining ovoz berishni boykot qilishi tufayli urinish muvaffaqiyatsiz tugadi. O‘sha kuni kechqurun parlament binosi oldida 100 000 ga yaqin odam to‘planib, prezidentning iste’fosini talab qildi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar