Minskda Ukraina bo‘yicha “Normand to‘rtligi” mamlakatlari prezident yordamchilari darajasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ishtirokchilari asosiy masalalar bo‘yicha murosaga kela olmadi, deya xabar bermoqda “Interfaks” vaziyat bilan tanish manbasiga tayanib.
Uning aytishicha, “normand to‘rtligi” mamlakatlari prezident yordamchilaridan tashqari, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuvlardan birida AQSh davlat kotibi yordamchisi Viktoriya Nuland qatnashgan.
“Afsuski, tomonlar pozitsiyalari yaqin bo‘lib chiqmadi, barchani qanoatlantirishi mumkin bo‘lgan yagona mexanizmni ishlab chiqib bo‘lmadi. Ammo bunday formatdagi uchrashuvlar kelajakda davom ettirilishi mumkin”, — dedi manba.
Ushbu ma’lumot rasman tasdiqlanganicha yo‘q.
Izoh (0)