AQSh maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snouden Rossiya kiberhujumlariga AQShning javob choralari haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” ma’lum qildi.
“Menda hech kim vitse-prezident Jo Baydenga maxfiy operatsiya nima ekanligini tushuntirmagandek tassurot qolmoqda”, — kinoya qildi Snouden Twitter’dagi sahifasida.
Oldinroq AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden NBC telekanaliga Vashington go‘yoki rus xakerlari amalga oshirgan kiberhujumlar uchun Moskvaga “kerakli vaqtda va o‘ta samarali javob berishi”ni ma’lum qilgandi.
Izoh (0)