AQSh fikricha, KXDR yangi raketa parvozlari va Koreya yarim orolidagi vaziyatni yanada keskinlashtiruvchi boshqa qadamlardan tiyilishi kerak. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi Geri Ross, Amerika tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR o‘tkazgan yangi raketa sinovlari munosabati bilan ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Rossning aytishicha, Vashington Pxenyanni “mintaqadagi keskinlikni yanada oshiradigan harakatlardan tiyilishga” chaqirdi.
Pentagon vakili ta’kidlaganidek, AQSh KXDRdagi yangi raketa sinovini qoralaydi va ushbu masalani BMT Xavfsizlik kengashida ko‘rib chiqishga olib chiqmoqchi. Raketalar uchirish KXDRga BMT Xavfsizlik kengashining avvalgi qarorlari bilan bevosita taqiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh harbiy qo‘mondonligi 15-oktabr, shanba kuni KXDRda raketa muvaffaqiyatsiz uchirilganligi ehtimoli haqidagi ma’lumotni qo‘lga kiritdi.
AQSh Qurolli kuchlari Strategik qo‘mondonligi bayonotida raketa Kuson shahri yaqinida 14-oktabr, juma kuni mahalliy vaqt bo‘yicha kechga yaqin uchirilganligi ta’kidlanadi.
Izoh (0)