• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent viloyati

    Gazga ulanmagan korxonada portlagan gaz: “Daryo” voqea tafsilotlarini o‘rgandi

    2024-yilning 5-dekabr kuni Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish korxonasi ma’muriy-xo‘jalik binosida gaz portlagani haqida xabar berilgan edi. Hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

    Biroq ma’lum bo‘lishicha, korxona gaz tarmog‘iga ulanmagan, xonalar elektr pechlari orqali isitilgan. Xo‘sh, unda portlashga nima sabab bo‘lgan? “Daryo” muxbiri voqea joyida bo‘lib, tafsilotlarni o‘rgandi.

    Portlashdan keyingi tozalash ishlari
    Foto: Toshkent viloyati FVB axborot xizmati

    Mahallaning o‘ziga xos nomi

    “Daryo” muxbiri hodisa tafsilotlarini o‘rganish maqsadida O‘rta Chirchiq tumanida bo‘ldi. Voqea tumanning “Kim Pen Xva” mahallasida sodir bo‘lgan.

    O‘rganish davomida hududning o‘zgacha nomda ekanligi e’tiborimizni tortdi. O‘zbek, koreys, dungan va boshqa millatga mansub uch mingga yaqin fuqaro istiqomat qiluvchi mahalla nomi bir vaqtlar ushbu hududdagi shirkat xo‘jaligiga 35 yil raislik qilgan Kim Pen Xva nomiga qo‘yilgan.

    Mahallaga kirish
    Foto: “Daryo”

    Mahallada ta’lim muassasalari bilan bir qatorda o‘nlab katta va kichik ishlab chiqarish korxonalari mavjud ekan.

    Portlash Qutb yulduzi ko‘chasida joylashgan quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqaruvchi korxonada yuz bergan.

    Hech narsadan xabari yo‘q qorovul

    Korxonaga borganimizda darvoza qulf edi. Shunday bo‘lsa-da, kimdir bo‘lsa kerak degan umidda eshikni taqillatdim. Birozdan so‘ng yoshi oltmishdan o‘tgan otaxon chiqib, kim va nima kerakligini so‘radi. O‘zimni tanishtirib, maqsadimni aytganimdan so‘ng hech narsa demasdan darvozani qulflab, kirib ketdi. Shunday bo‘lsa-da, kimningdir kelishi yoki chiqishini kutishga qaror qildim.

    Korxonaga kirish darvozasi
    Foto: “Daryo”

    Yarim soatlar o‘tgach, korxonadan Damas’da uch-to‘rt kishi chiqdi. Savol bergunimga qadar ketib qolishdi. Qorovul esa binoni qulflab, qayergadir ketishga shaylandi. Ortidan borarkanman, savollarimga javob olishga intildim.

    “Men hech narsa bilmayman. Bilganim: kechqurun bu yerda ishchilar qoladi. O‘sha kuni uyda o‘tirsam, tashqarida nimadir portlagani eshitildi. Yugurib chiqdim. Qarasam, bizning korxonada portlash bo‘lgan ekan. Nima bo‘lganini bilmayman. Shuni ayta olaman, xolos. Qolganini rahbarlardan so‘rang. Ular yo prokuraturaga ketishgan yoki shifoxonada bo‘lishi mumkin”, dedi qorovul.

    Gaz quvuri yer ostidan o‘tgan

    O‘rganishlar davomida hodisa “Ultra Orgin Beton” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli korxonada yuz bergani aniqlandi. Internetdagi mavjud ochiq ma’lumotlar orqali mas’ullar bilan bog‘lanildi.

    Telefon orqali suhbatda o‘zini bino egasi deya tanishtirgan Bahriddin Raupovning aytishicha, hududga o‘n yildan buyon egalik qilib keladi. Shu muddat ichida hudud va uning atrofida gaz quvuri o‘tganidan bexabar bo‘lgan.

    Foto: registr.stat.uz

    “O‘n yildan buyon shu yerga egalik qilib kelaman. Bu joy ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. To‘rt yildan oshdi bu yerdan “Ultra Orgin Beton” MCHJ (ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, jamiyat ta’sischisi Raupovning o‘zi) ijara asosida foydalanib keladi. Jamiyat tomonidan quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqariladi. Buning uchun gaz kerak emas, shu sababli korxona uchun gaz ulamaganmiz.

    Ishchilar yotadigan xonada elektr isitkichlar va yuvinish uchun “ariston” bor edi. Boshqa hech narsa bo‘lmagan.

    Bir vaqtlar bu yerda hammom bo‘lgan ekan. O‘shanda gaz yerosti quvuri orqali o‘tkazilgan. Bino hududidagi quvurlar foydalanilmagandan keyin chirib ketgan. Lekin asosiy quvurdan keluvchi joyi kesib tashlanmagan. Binoga 10-15 metr yaqinlikda bo‘lgan quvur teshilib, gaz sizib chiqqan. Yer tagida bo‘lganligi uchun gaz mavjud teshiklar orqali yo‘l topib, bino ichiga to‘planib qolgan. Bolalardan biri turib, elektrni yoqqanida portlagan.

    Tumangaz idorasidagilar bu yerdan quvur o‘tganini yaxshi bilisharkan. Kecha kelishib, belgilangan joyni kovlashdi”, deydi Bahriddin Raupov.

    Beton bosib qolgan ishchilar

    Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining Qabul bo‘limiga borganimizda jarrohlik bo‘limiga tashrif buyurib, qabulxonaga jabrlanuvchilar bilan uchrashmoqchiligimizni aytganimda buning uchun bo‘lim boshlig‘i Ne’matjon Arslonovning ruxsati kerakligini bildirishdi.

    Ne’matjon Arslonov
    Foto: Umidjon Mamarasulov

    “Kecha 6 nafar bemor olib kelingan, shundan to‘rt nafari ayni paytda bo‘limimizda davolanmoqda. 2 nafari Toshkent shahridagi shifoxonalarga o‘tkazilgan. Bemorlarimizning holati barqaror, asosan ko‘krak qafasida ozgina lat yeyish jarohatlari bor. Barcha tibbiy muolajalar ko‘rsatilyapti. Uch-to‘rt kundan so‘ng ruxsat beriladi”, deydi Ne’matjon Arslonov.

    Bir soatlik kutishdan so‘ng bemorlar Oqil Xolboyev, Rashid Habibulin va Umidjon Isayevlar bilan uchrashib, savollarga javob olishga ruxsat olindi.

    “Bu yerda og‘aynim va uning qarindoshi ishlaydi. O‘sha kuni tunda uchalamiz Surxondaryodan kelgandik. Yarim tunda yetib kelganimiz sababli shu yerda qolib, kun yorishi bilan Chotqolga ketishni reja qildim. Eng kechi o‘zim uxlaganman. Shunda ham hech qanday gaz hidi sezilmagan. Afsuski, ertalab ko‘zimni ochganimda shu holat yuz berib, bino qulab tushgan ekan. Yotoq o‘rnimiz ikki qavatli edi, men tepada yotardim. Pastda yotgan do‘stimning qarindoshi devor beton qulab tushishi oqibatida vafot etgan”, deydi Oqil Xolboyev.

    Rashid Habibulin
    Foto: Umidjon Mamarasulov

    “Oldin bir ishlab ketgan edim. Yana chaqirishganiga uch kun oldin kelgandim. Korxonada texnikalar holatiga qarab yuraman. Masofa uzoq bo‘lgani uchun ishni tugatgach, shu yerning o‘zida qolardik. Xonani isitish uchun elektr pechka yoqib qo‘yiladi. Shu kungacha tabiiy gaz borligidan bexabar edim. Chunki ovqat ham tashqarida o‘choqda qilinardi.

    Voqea yuz bergan kuni uxlab yotgan edik, birdan portlagan ovoz eshitildi. Ko‘zimni ochib qarasam, oyog‘im ustida bir kishi yotibdi, atrofni ko‘rib bo‘lmaydi. Anchadan keyin qorovul kelib, hammamizga yordam berdi”, deydi Rashid Habibulin.

    Foto: Toshkent viloyati FVB axborot xizmati

    “Portlashdan keyin o‘zimga kelganimda nimagadir qisilib qolganimni his qildim. Ko‘zimni ochsam, beton orasiga qisilib qolgan ekanman. Bino qulab tushgan ekan. Xonada uch kishi yotgandik, barchamizning holatimiz yaxshi. Lekin qo‘shni xonadagi bolalarning bittasi ustiga beton tushishi oqibatida vafot etibdi”, deydi Umidjon Isayev.

    Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Rustam Alimovning aytishicha, holat yuzasidan viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi va prokuraturasi tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

    Voqea yuz berganiga bir hafta bo‘ldi. Afsuski, portlash sabablarini o‘rganish yakunlari yuzasidan haligacha tegishli idoralar tomonidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilmadi.

    13.12.2024, 10:10   Izoh (0)   21478
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #gaz#portlash#Toshkent viloyati
    Umidjon Mamarasulov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: 2021-yilda o‘zbekistonliklarning e’tiborini tortgan voqealar

    31.12.2021, 10:11

    Samarqandda oshxonada gaz balloni portlashi oqibatida 10 kishi jarohatlandi

    19.12.2021, 16:46

    Samarqandda Tojikistondan ichiga giyohvand modda yashirib olib o‘tilgan propan gaz balloni portladi

    11.05.2022, 21:44

    “Ukrainaliklar qanday chidayapti ekan” — Sirdaryodagi portlashdan dahshatga tushgan aholi

    24.10.2022, 10:00

    Niderlandiya aholisini o‘limga hukm etgan inkvizitsiya, Tayvanda uylar ustiga qulab tushgan samolyot hamda Toshkentni larzaga keltirgan teraktlar seriyasi. Kun xro...

    16.02.2023, 10:36

    Qashqadaryodagi xonadonda yuz bergan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

    10.05.2023, 09:32

    Toshkentda chiqindi moy mahsulotlari saqlanadigan rezervuarda yong‘in chiqdi

    25.05.2023, 10:05

    Toshkent viloyatidagi metan zapravkada Nexia’ning gaz balloni portlab ketdi 

    09.06.2023, 11:20

    Qozog‘istondagi AYQSHda kuchli yong‘in va portlash sodir bo‘ldi (video)

    26.07.2023, 15:20

    Farg‘onada karaoke kafesida yuz bergan yong‘in oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi 

    29.07.2023, 14:37

    Rossiya “Shimoliy oqim” quvuridagi portlash bo‘yicha shaffof tekshiruv o‘tkazishni talab qiladi — Rossiya TIV

    20.03.2024, 19:30

    “Talimarjon” IESda yong‘in yuz bergani rad etildi

    02.04.2024, 08:36

    Qozog‘istonda yer ostida portlash sodir bo‘ldi (video)

    23.06.2024, 18:30

    Moskva yaqinidagi ofis binosida yong‘in yuz berdi: qurbonlar bor (video)

    24.06.2024, 22:33

    Farg‘onada Lacetti gaz balloni portlashidan bir kishi vafot etdi

    27.06.2024, 17:02

    O‘zbekistonga AES qurilishi nega kerak? Mutaxassislar bilan suhbat

    01.07.2024, 23:45

    AQSHdagi kimyoviy zavodda yuzaga kelgan yong‘inni 4 kundan beri o‘chira olishmayapti (video)

    19.09.2024, 16:20

    “Daryo” dayjesti: 11-oktyabrning eng muhim xabarlari 

    11.10.2024, 22:50

    22-oktyabrning eng muhim xabarlari: Samarqanddagi uylardan birida sodir bo‘lgan portlash, Toshkentdagi YTH oqibatida ikki kishining halok bo‘lishi, sifatsiz benzin...

    22.10.2024, 22:40

    “Qo‘shning tinch, sen tinch”. O‘zbekiston dunyo yakkalagan Afg‘onistondan nima kutmoqda?

    06.11.2024, 15:48

    Tuman hokimidan prezidentgacha: O‘zbekistonning yaqin tarixida joniga qasd qilingan olti amaldor

    02.12.2024, 12:45

    Deputatlar 9 daqiqada maʼqullagan xarajatlar oshirilishi loyihasi, Toshkent viloyatidagi korxonada sodir bo‘lgan portlash, talabalar uchun belgilangan taʼtil mudda...

    05.12.2024, 22:50

    Osmono‘par binolar, Eski shahar va orzudagi Toshkent haqida

    08.12.2024, 13:05

    Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini talab yuqori kasblarga o‘qitish va daromadli ish bilan taʼminlash chora-tadbirlari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazil...

    07.12.2024, 20:28

    “Bir tomchi neft bir tomchi qonga arziydi!” — parda ortidagi geosiyosiy “o‘yinchi”larning Suriyadagi manfaatlari

    08.12.2024, 20:13

    “Aholi hukumatni muntazam savolga tutishi kerak” — Samarqandda atom energiyasidan tinch yo‘lda foydalanish bo‘yicha anjuman o‘tkazildi

    09.12.2024, 21:44

    Metan zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritiladi – Energetika vazirligi

    09.12.2024, 21:25

    O‘zbekistonda yana 5 ta yangi IES ishga tushiriladi  

    10.12.2024, 09:40

    O‘zbekistonda gaz zapravkalarga cheklov munosabati bilan birjaga chiqariladigan benzin ikki karra oshiriladi

    10.12.2024, 09:22

    Har sovuqda shu bo‘lar takror: O‘zbekistondagi metan zapravkalarda yana navbatlar paydo bo‘ldi (foto)

    10.12.2024, 18:00

    Uchta hududda qariyb 700 mln so‘mlik “svet” va gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

    10.12.2024, 21:17

    Suriya muvaqqat hukumati rahbari Muhammad al-Bashir haqida nimalar ma’lum?

    10.12.2024, 23:19

    Metan zapravkalarda paydo bo‘lgan navbatlar, talabalarga poyezd va samolyot uchun berilgan chegirmalar, sotilayotgan 1 mlrd so‘mlik qalbaki pul: 10-dekabrning eng

    10.12.2024, 23:13

    Tramp Baydenni Ukrainaga ajratilgan pullarni o‘zlashtirishda aybladi 

    11.12.2024, 17:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03

    Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 21:40

    O‘zbekiston Kubogi. “Buxoro” “OKMK”ni mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 25 iyun, 21:38

    NATO yetakchilari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va mudofaa xarajatlarini ko‘paytirishga kelishib oldi

    Dunyo | 25 iyun, 21:10

    Andijonda fuqaroga 300 mln so‘m imtiyozli kredit rasmiylashtirib berish evaziga 1000 dollar olgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 20:55

    Tramp AQSHning Eronga bergan zarbalarini Xirosima va Nagasaki bilan taqqosladi

    Dunyo | 25 iyun, 20:45

    Isroildagi universitetning oltita laboratoriyasi Eron hujumlari oqibatida vayron qilindi

    Dunyo | 25 iyun, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.