AQSh harbiy qo‘mondonligi 15-oktabr, shanba kuni KXDRda raketa muvaffaqiyatsiz uchirilganligi ehtimoli haqidagi ma’lumotni qo‘lga kiritdi, deb yozadi “Interfaks”.
AQSh Qurolli kuchlari Strategik qo‘mondonligi bayonotida raketa Kuson shahri yaqinida 14-oktabr, juma kuni mahalliy vaqt bo‘yicha kechga yaqin uchirilganligi ta’kidlanadi.
“Shimoliy Amerika Havo-kosmik mudofaasi qo‘mondonligi KXDR tomonidan uchirilgan raketa Shimoliy Amerika hududiga tahdid qilmaganligini aniqladi”, — deyiladi hujjatda.
Amerikalik harbiylar gap o‘rtacha masofada harakatlanadigan Musudan ballistik raketasining muvaffaqiyatsiz uchirilganligi haqida borganligini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)