Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropaning ko‘zga ko‘ringan ikki nashri — Marca va La gazzetta dello Sport o‘quvchilari talqiniga ko‘ra Chempionlar Ligasining o‘tgan mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Bu haqda “Chempionat” xabar berdi.
Ronaldu o‘z jamoadoshlari bilan turnir finalida zafar quchgandi. “Atletiko”ga qarshi bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi o‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakuniga yetgan bo‘lsa, o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida omad “qirollik klubi”ga kulib boqqandi.
O‘zi uchun atalgan sovrinni qabul qilib olgan Krishtianu ayni vaqtda “Real”ga Luka Modrich, Serxio Ramos, Karlos Kasemiro kabi jarohat olgan futbolchilar yetishmayotganini aytib o‘tgan. Shunga qaramay “Real” o‘sha-o‘sha kuchini saqlab qolgani va istalgan raqibga qarshi kurasha olishi ta’kidlangan.
Izoh (0)