Afg‘oniston poytaxtida masjidga uyushtirilgan hujumda sakkiz kishi halok bo‘ldi, 30 kishi yaralandi. Bu haqda, Pajhwok agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, politsiya libosini kiygan uch qurolli shaxs imom Ali masjidiga bostirib kirib, namozxonlarni o‘qqa tutgan. Hujum qilganlardan biri portlovchi modda o‘rnatilgan kamarni harakatga keltirgan.
Khaama Press’ning ma’lum qilishicha, jinoyatchilardan biri xavfsizlik kuchlari tomonidan voqea joyida yo‘q qilingan, boshqa jinoyatchi qochib ketgan.
Izoh (0)