Turkiya janubi-sharqidagi Hakkari viloyati, Shemdinli tumanida politsiya posti yaqinida portlovchi modda to‘ldirilgan mashina portlashi oqibatida sakkiz nafar harbiy halok bo‘ldi, besh nafari yaralandi. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari bosh shtabi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
NTV telekanaliga ko‘ra, portlash joyida diametri 15, chuqurligi 6 metrli o‘ra paydo bo‘lgan. Terakt uchun javobgarlikni Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari o‘z zimmasiga olgan.
Hodisa joyiga politsiyaning qo‘shimcha bo‘linmalari va tez tibbiy yordam mashinalari jo‘natildi. Jangarilarni aniqlash va yo‘q qilishga qaratilgan operatsiya o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)