Sobiq ayirmachilarning nufuzli harbiy yetakchisi, tuareglarning ifogas qabilasi vakili shayx Ag Aussa 8-oktabr, shanba kuni Mali shimolida minada portlab ketdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ag Aussa bo‘lgan avtomobil Kidal shahrida minaga duch kelgan. Bundan oldin shayx BMTning Malida vaziyatni barqarorlashtirish missiyasi binosida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etgandi.
Tuareglar manfaatini ifodalovchi “Ozovod” harakati Ag Aussa halok bo‘lishi yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazilishini talab qilmoqda.
Izoh (0)