Hindistonda bolalar huquqlari himoyachilari hukumat va politsiyadan 68 kunlik qattiq ro‘zadan so‘ng vafot etgan 13 yoshli qizning o‘limini tekshirishni talab qilmoqda, deb yozadi “TASS”. NDTV telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, qizcha ro‘za tugaganidan keyin ikki kun o‘tib, kasalxonada yurak faoliyatidagi yetishmovchilikdan ko‘z yumgan.
Hindistonning Haydarobod shahrida yashagan Aradxana jayniylardan bo‘lib, ularda muqaddas hisoblangan “chaturmasa” davri — yomg‘irlar mavsumining to‘rt oyi davomida — iyuldan oktabrgacha qattiq ro‘za tutgan.
Qizning oilasi zargarlik biznesi bilan shug‘ullanib, ancha boy-badavlar yashaydi, uning ota-onasi ishontirishicha, Aradxana o‘z ixtiyoriga ko‘ra, yegulik va suvdan deyarli to‘liq voz kechgan holda ro‘za tutgan.
“Voyaga yetmaganlar o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yish riski bo‘lgan qarorlarni mustaqil qabul qila olmaydi”, — dedi taniqli huquq muhofazachisi Shanta Sina.
Izoh (0)