2005-yilda Niderlandiyadan o‘g‘irlanib, Ukrainaga keltirilgan beshta kartina yana o‘z muzeyi — G‘arbiy Frislandiya muzeyiga qaytarildi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Kartinalarga “o‘ta darajada zarar yetgan” bo‘lib, muzey ularni restavratsiya qilish uchun mablag‘ to‘plamoqda.
“4320 kundan keyin ular qaytib keldi, ha, biz kun sanadik! Bizning merosimiz o‘z joyi bo‘lgan muzeyga, shaharga qaytdi”, — dedi muzey direktori Ad Geyerdink.
Avvalroq Ukraina tomoni Gollandiyaga o‘g‘irlangan kartinalarning bir qismini topshirgan edi.
Nashr eslatishicha, 2015-yil iyulida G‘arbiy Frislandiya muzeyi vakili Artur Brand o‘marilgan kartinalardan iborat kolleksiya Ukrainaning “OUN” batalyoni ixtiyorida ekanligini, ular ushbu to‘plam uchun 50 million yevro undirib olmoqchi bo‘lganini aytgan edi.
Izoh (0)