Rossiya prezidenti Vladimir Putin tug‘ilgan kunini yaqinlari, qarindoshlari va do‘stlari davrasida kutib oladi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
7-oktabr kuni Rossiya rahbari 64 yoshga to‘ladi.
“Ertaga hech qanday ommaviy tadbirlar rejalashtirilmagan. Shu bilan birga, shubhasiz, xalqaro qo‘ng‘iroqlar, tabriklar bo‘ladi, shu bois qandaydir tegishli savollar davlat rahbari huzurida muhokama qilinadi. Odatda shunday qilinadi, hech qachon bayram mavzusi bilan cheklanib qolinmaydi”, — ta’kidladi Peskov.
Izoh (0)