Shimoliy Karolina shtatining (AQSh) Grinsboro shahrida joylashgan agrar va texnika universitetida 2-oktabr, yakshanba kuni ro‘y bergan otishmada ikki talaba halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Politsiyachilar o‘q ovozlari haqidagi xabarlar tufayli universitetga yetib kelib, bu yerda ikki talaba — yigit va qiz og‘ir jarohatlanganiga guvoh bo‘ldi. Ular kasalxonaga yetkazildi, biroq shifokorlar ularning hayotini saqlab qololmadi.
Hodisa sabablari haqida hozircha ma’lum qilinmadi. Otishma bo‘yicha tekshiruv olib borilayotgani to‘g‘risida ham bildirilmagan.