Afg‘oniston poytaxtida portlash sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS” Afg‘onistonning Hama Press agentligiga tayanib.
Kamida ikki kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi yaralandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kobulda qo‘lbola portlovchi uskuna ishga tushgan. Voqea tafsilotlari keltirilmayapti.
Terakt uchun javobgarlikni hozircha hududda faoliyat yurituvchi guruhlardan hech biri zimmasiga olgani yo‘q.
Izoh (0)