Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi mamlakat hududida Galaxy Note 7 smartfonlarini yana sotuvga chiqardi. Bu haqda, Yonhap agentligiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
1-oktabr kuni 16 ming uskuna sotildi. Yaqin istiqbolda kunlik xarid ko‘rsatkichlari 20 mingtagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Sentabr oyining boshida kompaniyaning yangi smartfoni akkumulyatorlarida aniqlangan jiddiy nuqson tufayli sotilgan gadjetlar qaytarib olina boshlandi. Smartfonlar qizib, yonib keta boshlagani bois kompaniya xaridorlarga ularni tezroq o‘chirib, almashtirish dasturidan foydalanishga chaqirgan edi.
Izoh (0)