Iroq poytaxti janubida kuchli portlovchi qurilma harakatga keltirildi. Bu haqda, “As-Sumariya” telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy politsiyaga ko‘ra, Bag‘dod janubidagi Al-Biya tumanida terrorchi-xudkush tomonidan olomon orasida amalga oshirilgan portlash oqibatida o‘lgan va yaralanganlar bor.
Eslatib o‘tamiz, mazkur terakt Bag‘dodda bugun sodir etilgan ikkinchi portlash bo‘lib, oldinroq Iroq poytaxtining sharqiy qismida yuz bergan terakt oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)