Yevro hududi iqtisodiyoti Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqish bo‘yicha referendumi natijalaridan keyingi sarosimani muvaffaqiyatli bartaraf etdi. Bu haqda Yevropa Markaziy banki raisi Mario Dragi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Yevroittifoq iqtisodiy holati barqarorligicha qolmoqda: Brexit bilan bog‘liq karaxtlikka dosh berishda muammolar kuzatilmadi”, — deya ta’kidladi Dragi.
Markaziy bank raisi keltirgan raqamlarga ko‘ra, joriy yilda yevro hududida yalpi ichki mahsulot o‘sishi 1,7 foiz, 2017 va 2018-yillarda esa 1,6 foiz darajasida bo‘lishi kutilmoqda.
Inflyatsiya darajasi ham past bo‘lib, bu yil 0,2 foiz, kelgusi yilda esa, neft arzonligi va maoshlar o‘sishi sur’ati pastligi tufayli, 1,2 foiz bo‘lishi taxmin qilingan.
Izoh (0)