Futzal bo‘yicha JCh—2016 da “A” guruhining 2-tur uchrashuvlariga yakun yasaldi.
Mundialdagi ishtirokini Panamadan 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lish bilan boshlagan O‘zbekiston terma jamoasi, 2-turga kelib Jahon Chempionatidagi dastlabki ochkosini ishladi.
Kolumbiyaga qarshi zalga chiqqan o‘zbekistonlik futzalchilar bellashuv yakuniga 13 soniya qolganida ham 3:2 hisobida oldinda borayotgandi. Ilk turda Portugaliya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan Kolumbiya so‘nggi soniyalarda mag‘lubiyatdan qutulib qolgan golni urishga muvaffaq bo‘ldi — 3:3.
Qayd etish kerak, 2-turning birinchi uchrashuvida Portugaliya Panamani 9:0 hisobida mag‘lub etgandi.
Guruhdagi 3-tur 17-sentabr tongida bo‘lib o‘tadi. Unda Panama va Kolumbiya o‘zaro hisob-kitob qilsa, o‘zbekistonlik futzalchilar Portugaliyaga qarshi saf tortadi.
Jahon Chempionati—2016 “A” guruhi, 2-tur 14-sentabr, chorshanba
Kolumbiya — O‘zbekiston 3:3
Gollar: Javlon Anorov, 5 (0:1). Dilshod Irsaliyev, 15 (0:2). Abril, 18 (1:2). Nodir Eliboyev, 28 (1:3). Karo, 37 (2:3). Karo, 40 (3:3).Kolumbiya: Nanez — Siyerra, Abril, Anxellot, Andres Reyes.Zaxira: Mexia, Ortiz, Suniga, Yeisson, Yefri, Jonatan, Yulian, Bolivar, Otero.
O‘zbekiston: Rustam Umarov — Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov.Zaxira: Akmal Xazratqulov, Dilshod Irsaliyev, Nodir Eliboyev, Shuhrat Tojiboyev, Davron Choriyev, Mashrab Odilov, Ilhom Xamroyev, Javlon Anorov, Feruz Faxriddinov.
Izoh (0)