“Olmaliq” klubi yarim himoyachisi Murod Rajabov Serbiya Superligasining “Novi Pazar” klubi bilan shartnoma tuzdi, deb xabar bermoqda “Championat.asia”.
Futbolchi yangi klubi tarkibida 44-raqam ostida o‘ynaydigan bo‘ldi. Ayni paytda klub 7 ta o‘yinda 8 ochko to‘plab musobaqa jadvalining 11-pog‘onasida bormoqda.
Qayd etish kerakki, Murod Rajabov Serbiyada o‘ynaydigan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi. “Yavor” klubi tarkibida o‘zbekistonlik Husniddin G‘ofurov ham to‘p tepmoqda.
Ma’lumot uchun, “Novi Pazar” klubi 1928-yilda tashkil topgan, 2012-yildan buyon Serbiya Superligasida ishtirok etib kelmoqda.
Izoh (0)