Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat fuqarolarini sport bilan shug‘ullanish, bunga vaqt bo‘lmasa, taomga mukkasidan ketmaslikka chaqirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Davlat rahbariga ko‘ra, sport bilan shug‘ullanish uchun, uyqu yoki boshqa narsalar hisobiga bo‘lsa-da, doim vaqt topsa bo‘ladi. Agar vaqt topilmasa, hech bo‘lmasa to‘g‘ri ovqatlanish zarur.
“Nonushtaga ko‘pi bilan uchta tuxum, shakarsiz qahva, tushlikka go‘shtsiz sabzavot sho‘rva yoki go‘shtning kichik bo‘lagi, kechga — tvorog. Uy atrofida aylanishni ham unutmaslik lozim”, — deya ta’kidladi Lukashenko.
Izoh (0)