O‘z tarixida ilk bor Jahon Chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi mundialdagi birinchi o‘yinida Panamadan 1:3 hisobida yengilgandi.
Mezbon Kolumbiyaning Portugaliyaga qarshi bellashuvida esa g‘olib aniqlanmadi — 1:1. 1-daqiqada kolumbiyalik futbolchilar hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa, so‘nggi soniyalardagina yevropaliklar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
13-sentabr kuni “A” guruhida 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda Panama Portugaliyaga qarshi saf tortsa, O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi kurash olib boradi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi 1-sentabr kuni Portugaliya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan bo‘lib, Portuda kechgan bellashuvda mezbonlar 5:1 hisobida zafar quchgandi.
Izoh (0)