Dunyoda 50 millionga yaqin bola o‘z uyidan uzoqda yashamoqda. Bu haqda BMT Bolalar fondi — YuNISEF ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Fondning yangi hisobotiga ko‘ra, 28 million bola mojarolar tufayli uyini tark etishga majbur bo‘lgan. Ulardan 10 millioni qochoq, 17 millioni ichki ko‘chib o‘tuvchilar hisoblanadi, bir millionga yaqin bolaning maqomi hali aniqlanmagan. Yana 20 million atrofidagi bola uyidan qochishiga qashshoqlik va jinoyatchilik sabab bo‘lgan.
Yer yuzidagi qochoqlarning yarmini 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi. 2015-yili BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha boshqarmasi tomonidan ro‘yxatga olingan qochoq bolalarning deyarli 45 foizi suriyalik va afg‘onistonliklardan iborat bo‘lgan.
Izoh (0)