Anqara Vashingtonning Rakka shahrini (Suriya) IShID jangarilaridan ozod etish bo‘yicha birgalikda operatsiya o‘tkazish haqidagi taklifini qabul qilishga tayyor. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“IShIDning asosiy markazi — Rakka. Obama menga biz bilan birga Rakkani nimadir qilmoqchi ekanligini aytdi. Bunga javoban biz tomonimizdan hech qanday muammo yo‘qligini aytdik va harbiylarimiz to‘planib, ushbu masalani muhokama etishini taklif qildik”, — deya ta’kidladi Erdo‘g‘on.
Erdo‘g‘on Turkiya “mintaqada mavjudligi”ni ko‘rsatishi va “ortga chekinish”ga haqqi yo‘qligini bildirdi. Shuningdek, Anqaraning Vashington bilan Suriya shimolida o‘tkazilayotgan operatsiya borasida hech qanday muammosi yo‘qligini qo‘shib o‘tdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)