Toshkentdan Samarqand va Qarshiga qatnovchi tezyurar poyezd reyslari chiptalari narxi 15 foizga oshiriladi. Bu haqda, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Sotuv kuni 2016-yil 5-sentabrdan va poyezd jo‘nash kuni 2016-yil 20-sentabrdan №760/759 ‘Toshkent — Qarshi — Toshkent’ va №762/761 ‘Toshkent — Samarqand — Toshkent’ yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdlarining chipta narxlari 15 foizgaga oshiriladi”, — deyiladi kompaniya axborotida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)