Venesueladagi Margarita orolida o‘nlab kishilardan iborat to‘da mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy ahvol tufayli prezident Nikolas Maduroga hushtakbozlik qilib, uni ta’qib qildi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Maduro davlat obyektlarini ko‘zdan kechirish uchun orolga tashrif buyurgan. Bu vaqtda norozi odamlar ko‘chaga chiqib, idish-tovoqlarni ura boshladi va Maduroga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatdi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakat rasmiylari 30 kishiga yaqin norozilik aksiyasi ishtirokchisini qo‘lga oldi.
Izoh (0)