• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan Salomatlik

    Insonlar har kuni 68 ming mikroplastik zarrachalarni nafas yo‘llari orqali yutadi — olimlarning dahshatli xulosalari

    Fransiyaning Tuluza universiteti olimlari atrof-muhitni mikroplastik bilan ifloslanish miqyosini o‘rganish jarayonida insonlar har kuni nafas orqali yuz minglab plastik zarrachalarni yutayotganini aniqladi.

    Foto: Shutterstock
    Foto: Shutterstock

    Mutaxassislarining fikricha, mikroplastik moddalarning havodagi miqdori ilgari isbotlanganidan ancha ko‘p bo‘lib, xonalar va avtomobil saloni kabi yopiq joylarda ularning miqdori yanada oshadi.

    Tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, yopiq joylar havosida aniqlangan zarrachalarning aksariyati, ya’ni 90 foizdan ortig‘i 10 mikrometrdan kichik bo‘lib, inson nafas olayotganda ularni sezmaydi. Shunga qaramay, zarrachalar o‘pkaning eng chuqur qismlarigacha yetib boradi va salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Avvalgi tadqiqotlarda e’tibor asosan yirikroq (20–200 mikrometr) o‘lchamdagi zarrachalarga qaratilgan edi. Biroq aynan mayda zarrachalar (1–10 mikrometr) salomatlik uchun eng xavflisi deb topildi. Ular o‘pkaning alveolalarigacha yetib boradi.

    Foto: Shutterstock
    Foto: Shutterstock

    Alveolalar o‘pkaning eng chuqur, mayda pufakchali tuzilmalari bo‘lib, ular nafas olish tizimining eng muhim bo‘lagi hisoblanadi, chunki aynan shu joyda kislorod va karbonat angidrid gazlari almashinuvi sodir bo‘ladi. Plastik zarralar esa nafaqat gaz almashinuv jarayoniga xalaqit beradi, balki to‘qimalar va immun tizimiga ham zarar yetkazadi.

    Yanada aniq ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish uchun olimlar o‘z yashash joylari va avtomobillarida maxsus test o‘lchovlari o‘tkazdi. Ular Raman spektroskopiyasi yordamida 16 ta havo namunasini tahlil qildi. Natijada xonadonlardagi bir kub metr havoda o‘rtacha 528 ta, avtomobil salonlarida esa 2 238 ta mikroplastik aniqlandi. Ammo bunday farq statistik jihatdan ahamiyatli emas, chunki ma’lumotlar katta tafovutlar bilan o‘zgarib turadi.

    Yig‘ilgan ma’lumotlar va ilgari chop etilgan ilmiy maqolalarga asoslanib, tadqiqotchilar plastik zarralari yutilish darajasini o‘rganib chiqdi. Ularning hisob-kitobiga ko‘ra, insonlar har kuni 10–300 mikrometr o‘lchamdagi 3 200 ta mikroplastik va 1–10 mikrometr o‘lchamdagi 68 000 ta mikroplastik zarralarini nafas orqali qabul qiladi. Bu ko‘rsatkich avvalgi statistikadan qariyb 100 barobar ko‘pdir.

    Tadqiqot mualliflari bu zarrachalar inson ko‘ziga ko‘rinmasligini, biroq sog‘liqqa jiddiy tahdid solishini ta’kidlamoqda. Ular o‘pkaga tushgach, zaharli moddalar ajrata boshlaydi va bunday toksinlar hatto qon tomirlariga ham o‘tib ketadi. Bu esa yurak-qon tomir kasalliklari, yallig‘lanishlar va immun tizimi muammolarini keltirib chiqaradi.

    Foto: Hi-tech.mail.ru
    Foto: Hi-tech.mail.ru

    Xavotirli jihatlardan biri shundaki, eng katta miqdordagi plastik zarralari aynan avtomobil salonlarida aniqlangan. Bu esa har kuni mashinada uzoq vaqt o‘tkazadigan millionlab odamlar uchun xavflidir. Olimlar bu boradagi tadqiqotlarni kengaytirishni va mikroplastikning sog‘liqqa ta’sirini chuqurroq o‘rganishni taklif etmoqda. Chunki uning organizmga zarari hanuz to‘liq o‘rganilmagan, ammo u bir qator jiddiy kasalliklar va hatto ruhiy salomatlik muammolari bilan bog‘liqligi allaqachon ilmiy jihatdan tasdiqlangan.

    1 avgust, 17:40   Izoh (0)   673
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #salomatlik#ilm-fan#plastik#ekologiya#tadqiqot

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.