“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 12-mart kuni Parij shahrida imzolangan quyidagi xalqaro shartnomalar tasdiqlandi:
- O‘zbekiston Hukumati bilan Fransiya Hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini qisqa muddatli viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risidagi bitim;
- O‘zbekiston Hukumati bilan Fransiya Hukumati o‘rtasida rasmiy vakolatxonalar xodimlarining oila a’zolari tomonidan haq to‘lanadigan faoliyatning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi bitim.
Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Bugun, shuningdek, O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengash tuzish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi.
Ushbu bitim 2013-yil 25-oktyabr kuni Minsk shahrida imzolangan. Tashqi ishlar vazirligi shartnomani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi.
Izoh (0)