Malayziya rasmiylari mamlakatda Zika virusiga chalinishning birinchi holatini tasdiqladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, virusga chalingan ayol yaqinda Singapurga borib kelgan. Malayziya rasmiylari virusning tarqalishi oldini olish uchun tegishli chora-tadbirlarni qo‘llamoqda.
Butunjahon sog‘liqni saqlash vazirligi Zika virusini global tahdid ekanini tan olgan. Hozirgacha ushbu virusga qarshi vaksina ishlab chiqilmagan.
Izoh (0)