Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich va boshqa sobiq mansabdor shaxslar “Rossiyaning katta manfaati” borligi tufayli mamlakatga topshirilmagan. Bu haqda Interpolning Ukrainadagi Milliy markaziy byurosi apparati rahbari Vasiliy Nevolya ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Rossiyaning manfaati katta bo‘lgan vaziyatlarda bu ish bermaydi. Aynan shuning uchun Ukrainaga qochoq prezident Viktor Yanukovich haligacha tutib berilmagan”, — deya ta’kidladi Nevolya.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bilan hamkorlikda muayyan natijalarga erishildi, ammo bu Rossiya Federatsiyasining global strategiyasiga ta’sir qila olmaydigan jinoiy qonunbuzarliklarga taalluqli.
“Agar, masalan, kimdir Ukraina hududida qotillikni amalga oshirgani uchun hibsga olingan bo‘lsa va u Permda bo‘lsa, u qo‘lga olinib, Ukrainaga topshirilishi ehtimoli katta”, — dedi Nevolya.
Uning qayd etishicha, Interpolning Rossiyadagi milliy byurosi Ukrainaga bosib olingan Qrim hududida yuz beradigan vaziyatlar bo‘yicha vaqti-vaqti bilan so‘rovlar jo‘natib turadi. Nevolya ushbu gij-gijlash javobsiz qoldirilishini aytdi.
Izoh (0)