175 nafardan ziyod rossiyalik sportchining Rioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlarida yakka tartibda ishtirok etish arizasi rad etildi. Bu haqda Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi (IPC) relizida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Rossiya olimpiya qo‘mitasi prezidenti Aleksandr Jukov 1-sentabr, payshanba kuni rossiyalik sportchilarning Rio–2016 Paralimpiya o‘yinlaridan chetlatilishi IPC’ning katta xatosi ekanini ma’lum qilgandi.
Rio–2016 Paralimpiya o‘yinlari 7–18-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)