Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil bilan munosabatlarni yaxshilash to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda, Hurriyet nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq kelishuv Turkiya parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilingan edi. Isroil harbiy-siyosiy kabineti hujjatni 29-iyunda — u Rimda imzolanishining ertasi kuni tasdiqlagan edi.
2010-yil may oyida Turkiyaning G‘azo sektoriga kirishga uringan “Moviy Marmara” gumanitar paromi Isroil harbiylari tomonidan o‘qqa tutilganidan so‘ng ikki davlatning munosabatlari keskinlashib ketdi. Tasdiqlangan kelishuvga ko‘ra, Isroil mazkur voqea tufayli Turkiyaga 20 million dollar miqdorida tovon puli to‘laydi.
Izoh (0)